Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotiga ko`ra, bugun mamlakatimiz hududlarida koronavirus infeksiyasidan 672 nafar bemor sog`aydi.
Jumladan, 323 nafari Toshkent shahridagi 18 ta shifoxonada davolanayotgan bemorlardir, 148 nafari Toshkent viloyatida, 93 nafari Surxondaryoda, 29 nafari Andijonda, yana 29 nafari Sirdaryoda, 19 nafari Farg`onada, 17 nafari Namanganda, 14 nafari Qashqadaryoda kasallikdan forig` bo`ldi.
Eslatib o`tamiz, sog`ayganlar ko`rsatkichi bo`yicha so`nggi rekord natija kecha, 28 iyul kuni qayd etilgan bo`lib, mamlakatimizning turli hududlarida 591 nafar bemor tuzalgandi.
Shunday qilib, yurtimizda 12 937 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog`aygan.






