Qashqadaryo viloyatidagi 20 000 ta ehtiyojmand oilaga 1 million so`mdan naqd pul beriladigan bo`ldi. Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzaev ishtirokidagi brifingda ma`lum qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig`iga asosan, bugunning o`zida “Saxovat va ko`mak” jamg`armasi hisobidan 20 000 (84 335 kishi) ta ehtiyojmand oilaning har biriga 1 million so`mdan, jami 20 milliard so`m mablag` beriladi, deyiladi viloyat hokimligi Matubuot xizmati xabarida.
Shuningdek, viloyatdagi saxovatpesha tadbirkorlar hisobidan 750 ta oilaga chorva mollari, parranda va quyon ajratilgan.
Jumladan, 80 ta oilaga 1 boshdan sigir,
315 oilaga 2 tadan 630 ta qo`y,
97 ta oilaga 10 tadan jami 970 ta quyon,
258 ta oilaga 30 donadan jami 7 740 ta tovuq tarqatilgan.






