1

Ziyorat turizmi: O‘zbekistonda «Naqsybandi Tourism Festival 2019» xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tadi

МАДАНИЯТ 28.10.2019, 16:01
Ziyorat turizmi: O‘zbekistonda «Naqsybandi Tourism Festival 2019» xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tadi

«Umumjahon So‘fiylar tashkiloti» tashabbusi bilan 31 oktyabr -7 noyabr kunlari O‘zbekistonda ziyorat turizmi yo‘nalishida «Naqsybandi Tourism Festival 2019» nomli xalqaro tadbiri o‘tkazilishi kutilmoqda. Mazkur tadbir «Hilal Travel» sayyohlik tashkiloti hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida, shuningdek Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Tashqi ishlar vazirligi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» va «O‘zbekiston temir yo‘llari» hamkorligida tashkil qilinmoqda. «Naqsybandi Tourism Festival 2019» xalqaro festivali doirasida 18 davlat, jumladan, Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Braziliya va AQSh davlatlaridan 200 ga yaqin mehmonlarning tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan. Quvonarlisi shuki, ularning orasida ko‘pgina jahonga mashhur olimlar, fan va jamoat arboblari, turistik tashkilotlar vakillari bor. Qayd etish joizki, bugungi kunda dunyo hamjamiyatining O‘zbekistondagi ziyorat turizmi, xususan, ko‘hna shaharlarimiz, yurtimizdan yetishib chiqqan fozilu ulamolar, donishmandlar, mashoyixlarning hayoti, asarlari va ilmiy merosini o‘rganishga va o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga qiziqishi nihoyatda baland. Ziyorat dasturi doirasida mehmonlar Toshkent shahrida kutib olinib, so‘ngra Buxoro shahri tomon yo‘l olishadi. U yerda «Yetti pir» nomi bilan mashhur bo‘lgan hazrat Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xo‘ja Orif Revgariy, Xo‘ja Mahmud Anjir Fag‘naviy, Muhammad Bahouddin Naqshbandiy, Xo‘ja Boboi Samosiy, Xo‘ja Ali Romitaniy, Abul Hafs Kabir hamda Sayyid Amir Kulol kabi ulug‘ zotlarning ziyoratgohlarini ziyorat qilishadi. Bundan tashqari, festival dasturiga ko‘ra, mehmonlarning Mir Arab Oliy madrasasiga tashrifi hamda uning faoliyati bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng xalqaro tadbir mehmonlari Samarqand shahriga yo‘l olishadi. Temuriylar poytaxtida ziyoratchilar hazrati Imom Buxoriy majmuasi, hazrat Xo‘ja Ubaydulloh Ahror xamda Shohi Zinda majmualarini ziyorat qilishadi. Mehmonlar shuningdek Qarshi va Termiz shaharlariga ham tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, u yerlarda Abul Muin Nasafiy, imom At-Termiziy, Hakim Termiziy kabi islom olamining mashhur allomalari mangu qo‘nim topgan muborak maskanlarni ziyorat qilishadi. Ushbu ziyoratlardan so‘ng mehmonlar Toshkentga yo‘l olib, poytaxtda Hazrati Imom kompleksi va O‘zbekiston musulmonlar idorasiga tashrif buyurishadi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda ilk bor mushafi sharif chop etilayotgan «Hilol-nashr» matbaa-nashriyoti faoliyati bilan tanishish hamda O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan bunyod etilgan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid majmuasiga tashrif buyurish rejalashtirilgan. Ta’kidlash lozimki, «Hilal Travel» sayyohlik tashkiloti tomonidan tashkillashtirilayotgan ziyorat turizmi yo‘nalishidagi ushbu xalqaro tadbir O‘zbekistonda ziyorat turizmining rivoji va yurtimizga xalqaro ziyoratchilar oqimining yanada ko‘proq jalb qilinishi yo‘lida xizmat qiladi", - deya yozadi Uzbektourism.uz

Шарҳлар

Об-ҳаво: Тошкент
Валюта курси
1