O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.
Farmonga ko`ra, 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo`lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 barobar oshiriladi.
2020 yil 1 sentyabrdan boshlab O`zbekiston Respublikasi hududida:
• pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 so`m;
• yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 513 350 so`m;
• bolalikdan nogironligi bo`lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 so`m;
• zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 so`m etib belgilanmoqda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, O`zbekistonda pensiya va nafaqalar oshirilishi bo`yicha xabarlar tarqalgan edi.






