AsosiyJamiyat

Toshkent shahar hokimi sergeliklarga muhtoj aholi ro`yxatini o`zlari shakllantirish taklifini berdi

'Toshkent shahar hokimi sergeliklarga muhtoj aholi ro`yxatini o`zlari shakllantirish taklifini berdi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev Sergeli tumani "Humo" mahallasida yuzaga kelgan to`polon sabab, u erga borib aholi bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligining axborot xizmati xabar qildi. 

"Shahar hokimi tomonidan 1 kunda ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi ro`yxatini mahalla fuqarolarining o`zlari shakllantirishlari bo`yicha taklif berildi. Ushbu taklifni aholi ham ma`qulladi" deyilada xabarda.

Eslatib o`tamiz, bugun ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanida ehtiyojmand oilalarga ajratilgan 1 million so`mlik yordam puli ortidan kelib chiqqan janjal aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu vaziyatga Toshkent shahar hokimi matbuot kotibi Furqat Mahmudxo`jaev: “Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan, Toshkent shahridagi ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam berish uchun ajratilgan 25 mlrd so`m 30 va 31 iyul kunlari tarqatib berildi. Afsuski, targ`ibot va tashviqot ishlari etarlicha tashkillashtirilmaganligi sababli ba`zi fuqarolarda ushbu moddiy yordam o`zini qiynalib qolgan, deb hisoblagan barcha odamlarga tarqatiladi, degan xayollar paydo bo`ldi. Aslida moddiy yordam va ko`makka muhtoj oilalarning ro`yxatiga kiritilgan “temir daftar”ning shaffofligini ta`minlash maqsadida “Sahovat Argos” elektron tizimi shakllantirilgan. Aynan mana shu tizimga kiritilgan muhtoj oilalarga mana shu moddiy ko`mak pullari tarqatilgan edi”, deya izoh berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida “temir daftar”ga 20 841 ta oilalar kiritilgan. Ushbu ko`rsatkich doimiy ravishda yangilanib turiladi. 

    Boshqa yangiliklar