AsosiyJamiyat

Toshkent shahriga qarashli Ulug`bek shaharchasi Qibray tumanining ma`muriy markaziga aylantiriladi

'Toshkent shahriga qarashli Ulug`bek shaharchasi Qibray tumanining ma`muriy markaziga aylantiriladi'ning rasmi

 Mazkur o`zgarish haqida kecha Prezident ishtirokidagi Toshkent shahri va Toshkent viloyatining o`zaro chegaradosh bo`lgan tumanlari hududlarini o`zgartirish bo`yicha tayyorlangan loyihalar taqdimotida ma`lum qilindi. 

Ta`kidlanishicha, Toshkent shahriga Toshkent viloyatidan 10196 gektar er maydoni o`tkaziladi. Toshkent viloyatiga poytaxtdan esa 1010 gektar hudud o`tkaziladi.  Shunga ko`ra, Toshkent shahriga qarashli Ulug`bek shaharchasi to`liq Toshkent viloyatining Qibray tumani hududida joylashganini inobatga olib, mazkur hudud  Qibray tumanining ma`muriy markaziga aylantirilishi taklifi berildi. 

Prezident tomonidan mutasaddi rahbarlarga yuqoridagi masalalar yuzasidan tegishli me`yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini qisqa muddatda tayyorlab, mahalliy kengashlar va Oliy Majlisga ko`rib chiqish uchun kiritish bo`yicha topshiriq berildi.

Mavzuga doir:

Toshkent shahrining Yangi hayot tumani 6 tumandan er ajratish hisobiga tashkil etiladi

 

 

    Boshqa yangiliklar