1

O`tgan 6 oyda O`zbekistonda 730 nafar odam YTH qurboni bo`ldi — Ichki ishlar vaziri

Jamiyat 07.08.2020, 19:18
O`tgan 6 oyda O`zbekistonda 730 nafar odam YTH qurboni bo`ldi — Ichki ishlar vaziri

Avval xabar berilganidek, bugun, 7 avgust kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi.

Unda kun tartibi doirasida Ichki ishlar vazirining O`zbekiston Respublikasi hududida 2020 yil 6 oyi yakuni bo`yicha jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish holati to`g`risidagi axboroti eshitildi.

Ma`lum qilinishicha, Respublika bo`yicha umumiy yo`l-transport hodisalari soni o`tgan yilning shu davriga nisbatan kamaygan (2 564/2 388) bo`lsa-da, yo`llarda harakatlanish uchun xavfsiz sharoit etarli darajada tashkil qilinmaganligi oqibatida 730 nafar shaxs vafot etgan. 2 297 nafari esa turli darajada tan jarohati olgan.

Shu bilan birga, deyarli har ikkinchi (2 388 tadan 1 017 tasi) yo`l-transport hodisalari belgilangan harakatlanish tezligini oshirish oqibatida sodir etilganligi joylarda foto-video qayd etish moslamalaridan foydalanish ishlarini yanada jadallashtirish lozimligini ko`rsatmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1