1

Poytaxtlik ikki ayol koronavirusdan vafot etdi. O`zbekistonda o`ta og`ir ahvoldagi bemorlar soni ortdi

Jamiyat 08.08.2020, 10:16
Poytaxtlik ikki ayol koronavirusdan vafot etdi. O`zbekistonda o`ta og`ir ahvoldagi bemorlar soni ortdi

Avval xabar berilganidek, 2020 yil 8 avgust kuni soat 10:00 holatiga ko`ra O`zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 29459 nafarni tashkil etdi. 

Shu bilan birga, Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli M.X. (ayol) hamda Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 84 yoshli T.X. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 20380 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog`aygan.

 Hozirda mamlakatimizda 8894 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 786 nafari og`ir, 275 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1