1

Koronavirusga chalingan toshkentlik 2 nafar bemor vafot etdi

Jamiyat 08.08.2020, 17:42
Koronavirusga chalingan toshkentlik 2 nafar bemor vafot etdi

O`zbekiston sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumot berishicha, 2020 yil 8 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

Xabarga ko`ra, ularning biri Zangiota tumanida yashagan 53 yoshli D.T. (ayol), ikkinchisi Sergeli tumanida yashagan 64 yoshli A.Z. (erak).

Vazirlik shu vaqtga qadar koronavirus qurbonlarining qanday hamroh kasalliklari bo`lgani va qanday tashxislangani haqida to`liq ma`lumot taqdim etib kelayotgandi. 4 avgustdan buyon vafot etgan bemorlar bo`yicha bunday qo`shimcha ma`lumot berilmayapti. 

Eslatib o`tamiz, ayni vaqtga qadar yurtimizda koronavirus yana 193 kishida aniqlandi, sog`ayganlar 21 mingdan oshdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1