1

Toshkentlik 70 yoshli bemor koronavirusdan vafot etdi. Kasallikdan sog`ayganlar 936 nafarga ortdi

Jamiyat 09.08.2020, 00:06
Toshkentlik 70 yoshli bemor koronavirusdan vafot etdi. Kasallikdan sog`ayganlar 936 nafarga ortdi

O`zbekiston sog`liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, 2020 yil 8 avgust soat 23:30 holatiga ko`ra, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Shayxontohur tumanida yashagan 70 yoshli A.A. (erkak) vafot etdi. 

8 avgust, soat 17:00 da koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etgani xabar qilingandi. 

Shuningdek, 8 avgust soat 23:30 holatiga ko`ra, jami 936 nafar bemor tuzaldi:

Toshkent shahrida 498 nafar

Toshkent viloyatida 215 nafar

Buxoro viloyatida 70 nafar

Namangan viloyatida 44 nafar 

Surxondaryo viloyatida 30 nafar 

Qashqadaryo viloyatida 24 nafar 

Samarqand viloyatida 21 nafar 

Sirdaryo viloyatida 14 nafar 

Farg`ona viloyatida 11 nafar

Xorazm viloyatida 5 nafar 

Navoiy viloyatida 4 nafar.

Shunday qilib, yurtimizda 21 316  nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (71 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 414 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1