1

Samarqandlik yigit qiz bolaga SMS yuborgani uchun urib o`ldirildi

Jamiyat 09.08.2020, 11:10
Samarqandlik yigit qiz bolaga SMS yuborgani uchun urib o`ldirildi

Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Xalqobod” M.F.Yda yashovchi 27 yoshli N.B ismli yigit hamqishlog`i bo`lgan 18 yoshli M.D. ismli qizga SMS xabar jo`natadi.

 Bundan xabar topgan qizning 34 yoshli akasi  4 avgust kuni soat 14:00 da yigitdan nega singlisini tinchligini buzayotganligini so`rab, o`zaro janjallashib qolishadi. Janjal davomida mushti bilan N.B., ni bosh sohasiga urib tan jarohati etkazgan. 

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining ma`lum qilishicha, N.B. tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan  Jinoyat kodeksining 104-moddasi  3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o`limiga olib kelgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1