Bir guruh farg`onalik o`smirlar mast holda “Lacetti”ni olib qochishdi va halokatga uchrashdi

Jamiyat 09.08.2020, 12:18
Bir guruh farg`onalik o`smirlar mast holda “Lacetti”ni olib qochishdi va halokatga uchrashdi

Farg`onada 3 avgust kunidan 4 avgustga o`tar kechasi 23 yoshli A.O. voyaga etmagan tanishlari 17 yoshli A.T., 17 yoshli D.X. va 15 yoshli B.S., lar bilan birgalikda Beshariq tumanida joylashgan xonadonda spirtli ichimlik iste`mol qilishadi. Bu haqda  IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. 

D.X. va B.S., ko`chaga chiqib ketishgan, A.T. esa xonadon egasi A.O., ni uxlab qolganligidan foydalanib, “Lacetti” rusumli avtomashinasini qo`riqlov pulti orqali ochib, B.S. va D.X., larni avtomashinaga chiqarib,  olib qochib ketgan.

So`ng, A.T. spirtli ichimlik ta`sirida ushbu avtomashinada Beshariq tumani, Yakkatut qishlog`i hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo`qotib, yo`lning chap tomonida bo`lgan daraxtga urilib to`xtagan.

Natijada A.T., B.S. va D.X., lar hodisa joyida engil tan jarohatlari olib, hodisa joyidan qochib ketishgan.

Hodisa joyini ko`zdan kechirish davomida “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. A.T. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1