1

Xorijdan kelayotgan fuqarolar o`zlari bilan qancha miqdorda dori vositalari olib kirishi mumkinligi ma`lum qilindi

Jamiyat 09.08.2020, 13:24
Xorijdan  kelayotgan fuqarolar o`zlari bilan qancha miqdorda dori vositalari olib kirishi mumkinligi ma`lum qilindi

Xorijdan charter reyslar orqali kirib kelayotgan fuqarolar o`zlari bilan shaxsiy foydalanishi uchun qancha miqdorda dori vositalari va tibbiy buyumlarni olib kirishi mumkin?

Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingada ishtirok etgan Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi direktori o`rinbosari Alisher Temirov  quyidagicha javob berdi:

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 8 iyundagi 191-son “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga muvofiq:

️Yashash yoki bo`lish mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjat taqdim etilmasdan quyidagilar jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib o`tilishi mumkin:

  •  turli nomdagi 10 tagacha dori preparatlaridan iborat dori vositalari va ularning har biri uchun 5 o`ramdan ortiq bo`lmagan dori vositalari;
  • 5 birlikdan ortiq bo`lmagan tibbiy buyumlar.

 

️Bunda bir o`ramda:

 

🔹qattiq (tabletkalar, drajelar, granulalar, kukunlar, kapsulalar) dori shakllari uchun — 100 birlikdan ortiq emas;

 

🔹eritma tayyorlash uchun qo`llaniladigan kukunlar uchun — 500 grammdan ortiq emas;

 

🔹granula shakldagi gomeopatik dori vositalari uchun — 50 grammdan ortiq emas;

 

🔹infuzion eritmalar va oral (og`iz orqali) qo`llaniladigan eritmalar uchun — 500 millilitrdan ortiq emas;

 

🔹in`eksiyalar uchun eritmalar — 10 ampuladan yoki 10 flakondan ortiq emas;

 

🔹tashqi dorilar uchun — 200 millilitrdan yoki 200 grammdan ortiq emas.

 

 Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchining o`ramida bo`lishi kerak.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1