Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingada ishtirok etgan Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi direktori o`rinbosari Alisher Temirov quyidagicha javob berdi:
➖ Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan uyida davolanayotgan koronavirus bemorlarini poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari orqali bepul dori-darmonlar bilan ta`minlash belgilandi.
Uyda davolanayotgan fuqarolarga tarqatiladigan bepul dorilar:
- «Gidroksixloroxin», «Azitromisin» — antibakterial vosita hisoblanadi, faqat shifokor ko`rsatmasi bilan qo`llaniladi,
- «Parasetamol» — harorat ko`tarilganda qabul qilish uchun,
- «Askorbin kislotasi» (Vitamin S) — immun tizimini yaxshilash uchun
Shuningdek, qutichada 10 dona tibbiy niqob ham bor.






