1

Ehtiyoj ko`p bo`lgan dorilarni «qora bozor»da pullayotganlarga qanday javobgarlik bor?

Jamiyat 09.08.2020, 13:55
Ehtiyoj ko`p bo`lgan dorilarni «qora bozor»da pullayotganlarga qanday  javobgarlik bor?

Ayrim «tadbirkorlar» aholi tomonidan ehtiyoj ko`p bo`lgan dori vositalarini dorixonada emas, balki «qora bozor»da pullayotganlarini eshityapmiz. Dorilarni dorixonadan tashqarida sotganlik uchun javobgarlik bormi? 

Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingada ishtirok etgan Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi direktori o`rinbosari Alisher Temirov quyidagicha javob berdi:

-Jinoyat kodeksiga muvofiq, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish javobgarlikka sabab bo`ladi.

Bunda mazkur huquqbuzarlikni sodir etishdagi qurollar va ashyolar musodara qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda: hozirda 11 115 000 so`mdan — 22 300 000 so`mgacha jarima solishga sabab bo`ladi.

 Dori vositalarini chakana realizasiya qilishga faqat farmasevtik ma`lumotga ega bo`lgan mutaxassislarga ruxsat etiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1