1

O`zbekiston hududining mayda masshtabli seysmik risk xaritasi ishlab chiqiladi

Jamiyat 09.08.2020, 14:07
O`zbekiston hududining mayda masshtabli seysmik risk xaritasi ishlab chiqiladi

FVV axborot xizmati xabar berishicha, Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi tarmog`ida 50 ta stansiya faoliyat ko`rsatadi, ularning 40 tasini seysmik stansiyalar, qolganini prognoztik stansiyalar tashkil qilib, ular bir vaqtning o`zida seysmik jarayonlarni monitoring qilish ishlarini bajaradi.

Hozirgi kunda Jizzax shahrida joylashgan seysmologik stansiyalarda har hafta o`rtacha 5-6 marotaba kichik er silkinishilari qayd etiladi. Baxmal tumanida joylashgan seymologik stansiyada esa bir haftada o`rtacha 15-20 tagacha kichik er silkinishlari qayd etiladi.

 Mamlakatimizning seysmik faolligi inobatga olinib, Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 30 iyunida “O`zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta`minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilinishi seysmik xavfning oldini olish, aholi va hududlarni seysmik xavfdan himoya qilish, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta`minlash sohasini jahon standartlari asosida rivojlantirish borasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqmoqda.

 Qaror bilan O`zbekiston Respublikasida seysmik xavfsizlikni ta`minlash tizimini takomillashtirish dasturi tasdiqlandi.

Kelgusida mintaqaviy darajadagi seysmik xavfni baholashning ilmiy-uslubiy asoslarini, shuningdek, O`zbekiston hududining mayda masshtabli seysmik risk xaritasi ishlab chiqiladi, kuchli zilzilalarni o`z vaqtida prognoz qilish va ularning oqibatlarini bartaraf etish hamda tegishli profilaktik chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish maqsadida mayda masshtabli seysmik risk xarita bazasida dasturiy ta`minot yaratilib aholining bundan xabardorligi doimiy ta`minlab boriladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1