Bu haqda AOKA zalida bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida Toshkent shahridagi ana shunday markazlardan birining bosh shifokori Alisher Hojimetov ma`lum qildi:
🛏 «Ichki ishlar vazirligi tomonidan Engil atletika zalida tashkil etilgan 750 o`rinli saralash va taqsimlash markazi 1 avgustdan o`z faoliyatini boshladi. O`rinlarning 390 tasi — o`rta og`ir, 290 tasi — og`ir va 90 tasi — o`ta og`ir bemorlar qabuliga mo`ljallangan.
Ayni paytda shifoxonada 691 ta bemor davolanmoqda. Hozirga qadar muassasamizda 1500 dan ortiq bemor davolanib chiqdi.
Saralash va taqsimlash markazlari — dunyoda bunaqa markazlar yo`q. Bu bizning hukumatimiz tashabbusi. Namuna sifatida tashkil etilgan bu markazlar to`liq o`zini oqladi.
Bu erda bemorlarni qabul qilib, ularni saralab, koronavirus bor-yo`qligini ajratib, kasallik darajasiga qarab davolash choralarini ko`rilyapti».






