AsosiyJamiyat

Qozog`istonda 2 mln nafardan ziyod fuqaro Covid-19`ga qarshi bepul emlanadi

'Qozog`istonda 2 mln nafardan ziyod fuqaro Covid-19`ga qarshi bepul emlanadi'ning rasmi

Qozog`istonda 2 million nafardan ko`proq aholi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi bepul emlanadi.  

Bu haqda Qozog`iston sog`liqni saqlash vazirligi vakili Bagdat Kojaxmetov Facebook’da ma`lum qilgan.

Qozog`iston sog`liqni saqlash vazirligining hisob-kitobiga ko`ra mamlakatda jami 2 182 000 nafar odam yoki aholining 11,5 foizi bepul emlanadi. Ular 65 yoshdan katta kishilar, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, surunkali obstruktiv o`pka kasalliklar va boshqa xronik xastaliklar bilan og`irgan bemorlar, shuningdek tibbiyot xodimlari bo`ladi. 

    Boshqa yangiliklar