1

Koronavirusga chalingan bemorlarga nega osma ukol qilinmayotganiga aniqlik kiritildi

Jamiyat 10.08.2020, 09:29
Koronavirusga chalingan bemorlarga nega osma ukol qilinmayotganiga aniqlik kiritildi

AOKA zalida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Toshkent shahridagi saralash va taqsimlash markazi bosh shifokori Alisher Hojimetov koronavirusga chalingan bemorlarga nega osma ukol qilinmayotganiga aniqlik kiritdi.

"Ayrim bemorlarimiz nima uchun osma-ukol olmayapmiz, deyishadi. Shu fursatdan foydalanib, xalqimizga murojaat qilmoqchiman.

Hurmatli yurtdoshlar, bilib olinglar, koronavirusga chalingan bemorlarga osma-ukol mumkin emas. Chunki bu bemorning ahvolini yanayam og`irlashtiradi. Faqatgina eng zarur hollarda, shifokorning bevosita nazorati ostida qilinishi mumkin. Istisno tariqasida. Biroq uy sharoitida osma-ukol qilish aslo mumkin emas», 

— dedi  Alisher Hojimetov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1