1

Qibrayda 44 yoshli erkak, Toshkentda 68 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. O`zbekistonda 400ga yaqin bemor o`ta og`ir ahvolda

Jamiyat 10.08.2020, 10:10
Qibrayda 44 yoshli erkak, Toshkentda 68 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. O`zbekistonda 400ga yaqin bemor o`ta og`ir ahvolda

SSVning xabar qilishicha, ayni paytga qadar O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar 30 820 nafarni tashkil etmoqda. 

Shu bilan birga, Qibray tumanida yashagan 44 yoshli A.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli U.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 22 042 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 582 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 1 378 nafari og`ir, 386 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1