1

To`raqo`rg`onda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 70 foizi kambag`allikdan chiqarildi

Jamiyat 10.08.2020, 10:37
To`raqo`rg`onda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 70 foizi kambag`allikdan chiqarildi

To`raqo`rg`on  tumanida 226 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ma`lum bo`lishicha, tumanda “Temir daftar”ga kiritilgan xonadonlar soni dastavval 1271 ta bo`lgan. Ayni paytda ularning 900 tadan ziyodrog`i (70 %) mazkur ro`yxatdan chiqarilgan. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi rasmiy kanalida ma`lum qilindi.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida tumanda ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og`irlashgan oilalarning bandligini ta`minlash orqali ularga daromad manbayi yaratishning vaqtinchalik tartibiga asosan, “Temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oila a`zolariga ish topib berish, ularning doimiy daromadli bo`lishiga ko`maklashish choralari ko`rildi.

Tumanda faoliyat yuritayotgan yirik sanoat ob`ektlarida "Temir daftar"ga kiritilgan ko`plab oilalar vakillari ish bilan ta`mindi.

Tumanning Kumidon, Shoxidon va Guliston mahallalarining «Temir daftar»ga tushgan 41 ta oilalariga mart oyining so`ngida asosiy ko`cha bo`yidagi er maydoniga 41 ta issiqxona qurib berilgan.

Shoxidon mahallasidagi "Shoxidon burgutlari" klasterida 300 ming dollarlik meva mahsulolarini chet elga eksport qilindii. Shu kungacha chet elga sotilgan 200 tonnadan ziyod gilos, 300 tonna o`rik va 200 tonna olxo`rini tayyorlash ishlariga pandemiya davrida tumannnig barcha hududlaridan 100 dan ortiq kishi jalb qilingan.

Klasterning meva-sabzavot saqlanadigan sovutkichlari turli meva va sabzavotlar bilan to`ldirilib, eksport qilishga tayyorlab qo`yilibdi. Bu sovutkichlarda ham 30 kishi ish bilan band.

Axsi MFYda hududdagi 6 ta xonadon "Temir daftar"dan chiqarildi. Mahalladagi vaqtincha ishsiz ayyollar uchun tikuv sexi tashkil etildi.  

Tumanda kam ta`minlangan oilalarni daromadga kiritish uchun qilinayotgan bir qator ishlar – xonadonlarda klaster usulida quyonchilikni rivojlantirish, issiqxonalar tashkil qilish, turli kasb-hunarga yo`naltirish kabi loyihalarga ham keng targ`ib qilinmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1