Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ertaga, 11 avgust kuni tashkil etiladigan charter reyslar jadvalini e`lon qildi. Unga ko`ra,
Toshkent-Moskva-Toshkent yo`nalishida parvoz amalga oshiriladi.
Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.
Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.
Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.
O`zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o`z xohishiga ko`ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta`minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o`tkazishi mumkin (https://t.me/migratsiyamatbuotkotibi/515).
Bugun Seul-Toshkent-Seul, Toshkent-Dehli-Toshkent, Qohira-Toshkent-Qohira charter reyslari amalga oshiriladi.






