AsosiyJamiyat

O`zbekiston 2025-yilgi yoshlar o`rtasida Osiyo o`yinlariga mezbonlik qiladi

'O`zbekiston 2025-yilgi yoshlar o`rtasida Osiyo o`yinlariga mezbonlik qiladi'ning rasmi

2020-yil 7-avgustda hukumatning “2025-yilda O`zbekistonda yoshlar o`rtasidagi IV yozgi Osiyo o`yinlarini o`tkazishga tayyorgarlik ko`rish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori qabul qilindi. bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ma`lum qildi.

Ma`lumki, Osiyo Olimpiya kengashining 2019-yil 28-sentyabr kuni Qatarning Doxa shahrida bo`lib o`tgan 73-Ijroqo`mi yig`ilishida Toshkent shahrida 2025-yil yoshlar o`rtasida IV yozgi Osiyo o`yinlarini o`tkazishga rozilik bildirish to`g`risida qaror qabul qilingandi.

Qarorga muvofiq, mazkur nufuzli musobaqani yuqori saviyada o`tkazish maqsadida tashkiliy qo`mita tarkibi hamda chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Shuningdek, ilg`or davlatlar tajribasidan kelib chiqib, Osiyo o`yinlarini yuqori saviyada tashkil etish va o`tkazish bilan bog`liq vazifalarni tizimli amalga oshirish maqsadida Milliy Olimpiya qo`mitasi huzurida “Toshkent–2025” yozgi Osiyo o`yinlarini o`tkazish direksiyasi tuziladi.

 

    Boshqa yangiliklar