AsosiyJamiyat

Senator Buxorodagi shifoxonalarga 100 dona kislorod konsentratori olib berdi

'Senator Buxorodagi shifoxonalarga 100 dona kislorod konsentratori olib berdi'ning rasmi

Pandemiya sharoitida shifoxonalarda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash uchun zarur kislorodli konsentratorlarga talab oshdi. Shuni hisobga olgan Oliy Majlis Senati a`zosi Nurmuhammad Ochilov xayrli ish tashabbuskori bo`ldi, dedi Xalq so`zi muxbiri.

Buxorodagi «Parvoz Xumo Ravnaq Trans» mas`uliyati cheklangan jamiyati ta`sischisi sanalgan N. Ochilov Xitoydan 100 dona kislorodli konsentrator xarid qilib, ularni G`ijduvon, Olot, Jondor, Vobkent, Shofirkon tuman va Kogon shahar tibbiyot birlashmalari hamda viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markaziga etkazishga bosh-qosh bo`ldi.

Viloyatdagi «Merganteks» paxta-to`qimachilik klasteri tomonidan ham xarid qilingan 100 dona xuddi shunday tibbiy uskuna ham shifo maskanlariga topshirildi.

    Boshqa yangiliklar