AsosiyJamiyat

Zomin tumanida ayanchli YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar bor

'Zomin tumanida ayanchli YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar bor'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining bergan xabariga ko`ra, joriy yilning 10 avgust kuni soat 16:30 da haydovchi 42 yoshli R.A., o`zining boshqaruvidagi «Lada-Largus» rusumli avtomashinada Hovos tumanidan Dashtobod yo`nalishiga qarab harakatlanib ketayotgan vaqtida, Zomin tumani hududidan o`tuvchi A-376-avtomobil yo`lining 239 km.ga kelganida o`zidan oldinda ketayotgan avtomashinani quvib o`tish uchun qarama-qarshi yo`nalishga chiqqan vaqtida, shu yo`nalishda harakatlanib kelayotgan 42 yoshli R.X.,ning boshqaruvida bo`lgan «Isuzu» rusumli yuk mashinasining oldi tomoniga borib urilib, yo`l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada, «Lada-Largus» rusumli avtomashina yo`lovchilari 31 yoshli X.B.(ayol) va 55 yoshli B.B.,(ayol)lar hodisa sodir bo`lgan joyda vafot etgan. «Lada-Largus» avtomashina haydovchisi R.A., yo`lovchilari 30 yoshli B.B., va uning farzandlari 6 yoshli G.R.(ayol), hamda 4 yoshli R.R.,lar turli tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar