AsosiyJamiyat

Ichki ishlar vaziridan yordam so`ragan qashqadaryolik blogerlar ishi bo`yicha brifing bo`lib o`tadi

'Ichki ishlar vaziridan yordam so`ragan qashqadaryolik blogerlar ishi bo`yicha brifing bo`lib o`tadi'ning rasmi

Avvalroq, qashqadaryolik ikki blogerning kaltaklangani va ular Ichki ishlar vaziridan yordam so`raganidan so`ng, xonadonlarida tintuv o`tkazilgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur yakkabog`lik blogerlar ishi bo`yicha brifing tashkil etiladi. Bu haqda AOKA ning viloyatdagi vakili Usmon Nusurov ma`lum qilgan. 

"Uyi tintuv qilingan yakkabog`lik blogerlar — Maqsud Muzaffarov, Kamil Faxriddinovlar masalasi bo`yicha brifing bo`lib o`tadi. Unda Qashqadaryo prokuraturasi va IIB holatni izohlaydi", - deya ma`lum qilinadi brifingda.  Brifing 2020-yil 12-avgust kuni soat 11:00 da bo`lib o`tadi.  

Eslatib o`tamiz, Usmon Nusurov bugun, 10-avgust kuni Yakkabog` tumanida bo`lib, bepul taksi loyihasini amalga oshirib, kaltaklangan blogerlar bilan suhbatlashgan. 

    Boshqa yangiliklar