AsosiyJamiyat

Toshkentda 60 yoshli ikki erkak koronavirusdan vafot etdi. Bemorlarning 400ga yaqini o`ta og`ir ahvolda

'Toshkentda 60 yoshli ikki erkak koronavirusdan vafot etdi. Bemorlarning 400ga yaqini o`ta og`ir ahvolda'ning rasmi

SSVning malum qilishicha, ayni paytga qadar O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar 31 545 nafarni tashkil etmoqda. 

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 60 yoshli A.A. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 60 yoshli A.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 22 992 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (73 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 351 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 1361 nafari og`ir, 387 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar