AsosiyJamiyat

Farg`onada oshxona, choyxona, restoran va kafelar o`z faoliyatini qayta boshladi

'Farg`onada oshxona, choyxona, restoran va kafelar o`z faoliyatini qayta boshladi'ning rasmi

Farg`onada viloyat koronavirusga qarshi kurashish bo`yicha ishlarni muvofiqlashtirish shtabi va maxsus komissiya qaroriga asosan bugun, ya`ni 11-avgustdan boshlab, viloyat hududidagi umumiy ovqatlanish obektlari, jumladan, oshxona, choyxona, restoran va kafelar faoliyatiga ruxsat berildi.
Bu viloyatdagi epidemiologik vaziyat jilovini mahkam ushlagan holda karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlardan biridir.
Umumiy ovqatlanish shahobchalari karantin talablari va sanitariya-gigiena qoidalariga qat`iy amal qilib, kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar bilan taʼminlagan holda o`z faoliyatini qayta boshlaydi.
Faoliyatini davom ettirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik subektlarida tegishli organlar tomonidan karantin talablari, sanitariya-epidemiologik qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boriladi. Barcha xodimlar tibbiy niqob va qo`lqopda bo`lishi, ijtimoiy masofani saqlashi shartligi belgilangan.
Restoran va kafelarda banketlar hamda boshqa ommaviy tadbirlarni o`tkazishga yo`l qo`yilmaydi hamda faoliyatini soat 8:00 dan 20:00 ga qadar tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar