AsosiyJamiyat

Payariqda “Agroservis MTP” tomonidan ishchilarga asossiz ravishda oylik to`lanmaganligi aniqlandi

'Payariqda “Agroservis MTP” tomonidan ishchilarga asossiz ravishda oylik to`lanmaganligi aniqlandi'ning rasmi

Fuqarolar N.K hamda N.Blar Samarqand viloyati Payariq tuman adliya bo`limiga  murojaat qildi. Ularning murojaatiga ko`ra, Payariq “Agroservis MTP” tomonidan fuqaro N.Kga 8 084 876 so`m, fuqaro N.Bga esa 7 179 784 so`m ish haqlari asossiz ravishda to`lanmagan. Bu haqda Adliya vazirligi Payariq tuman adliya bo`limi xabar bermoqda. 

Ushbu murojaat Payariq tuman adliya bo`limi tomonidan o`rganib chiqilganda, fuqarolar N.K hamda N.Blarga ularning yuqoridagi miqdordagi oylik ish haqlari Payariq “Agroservis MTP” tomonidan asossiz ravishda to`lanmaganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar N.K hamda N.Blarning manfaatini ko`zlab, ularning ish haqlarini undirish maqsadida Fuqarolik ishlari bo`yicha Payariq tumanlararo sudiga da`vo arizalari kiritildi.  

Tuman adliya bo`limining mazkur arizasi sud tomonidan belgilangan tartibda ko`rib chiqilib, fuqarolar N.K hamda N.Blarga  to`lanmagan ish haqi bo`yicha qarzdorlikni undirish to`g`risidagi sud buyruqlari chiqarildi.  

 

 

 

    Boshqa yangiliklar