Xitoyda ishlab chiqarilgan narxi 2 dollarlik "Lyanxua Sinven" dorisi qo`lda 350 ming so`mgacha ko`tarilgan. Ushbu dori Zangiotadagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonada xayriya sifatida etkazib berilgani to`g`risida videolar tarqaldi. Dori O`zbekistondagi davolash protokoliga kiritilmagan bo`lsa ham, koronavirusni davolashda samarali va foydali deyish mumkinmi?
Ushbu savolga bugun AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Rustam Ikromov tomonidan oydinlik kiritildi.
Uning aytishicha, haqiqatdan ham bugungi kunda ushbu dori Zangiota shifoxonasida foydalanilyapti.






