1

«Saxovat va ko`mak» jamg`armasining o`chirib tashlangan telegram kanali haqidagi muhokamalarga munosabat bildirildi

Jamiyat 11.08.2020, 17:47
«Saxovat va ko`mak» jamg`armasining o`chirib tashlangan telegram kanali haqidagi muhokamalarga munosabat bildirildi

«Mahalla» fondi huzurida tashkil etilgan «Saxovat va ko`mak» jamg`armasi tomonidan e`lon qilingan so`rovnoma va telegram kanalning o`chirib tashlanishi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`layotgan edi. 

AOKA huzuridagi shtabda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzaeva ishtirokida bo`lib o`tgan brifingda ushbu holat yuzasidan izoh berildi:

️-- “Mahalla” xayriya jamoat fondi tashkiliy-huquqiy jihatdan  jamoat fondi bo`lgan nodavlat notijorat tashkilot. Tashkilot vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar ro`yxatiga kiritilmagan.

Fond huzurida tashkil etilgan “Saxovat va ko`mak” jamg`armasi faoliyatining hech bir jarayonlariga ham vazirlik ishtirok etmaydi.

 “Mahalla” xayriya jamoat fondi jamg`armaning barcha faoliyat turlarini Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligidan mustaqil holda olib boradi hamda Jamg`armaga kelib tushgan xayriya mablag`larini o`rnatilgan tartibda sarflanishiga yagona mas`ul tashkilot hisoblanadi.

Yuqorida keltirib o`tilganlarga qo`shimcha sifatida aytib o`tishim kerakki, “Mahalla” xayriya jamoat fondining telegram sahifasini tashkil etish va o`chirish to`liq ravishda Fondning o`z huquqi hisoblandi.

Hozirgi vaqtda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi barcha rasmiy sahifalari ishlab turibdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1