Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida 10 avgust kuni dahshatli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar berdi.
Voqea soat 09:55 larda Guliston tumanidagi “A.Navoiy” MFY hududidan o`tgan 4R-27 avtomobil yo`lining 20-km.da sodir bo`lgan. Bu yo`ldan harakatlanib kelayotgan fuqaro N.Sh. o`z boshqaruvidagi “Neksiya-2” avtomashinasida rul boshqaruvini yo`qotib, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro A.Sh. boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtomashinaning old o`ng tomoniga borib urilib YTH sodir etgan.
Natijada yo`lovchi O`.S. olgan tan jarohatlari og`irligidan vafot etgan. Haydovchi N.Sh va yo`lovchilar P.G. va H.O lar tan jarohati olib shifoxona jonlantirish bo`limiga yotqizilganligi aytilmoqda. IIV saytida e`lon qilingan ushbu xabar yo`l harakati ishtirokchilarini sergaklikka chaqirishiga va kelgusida turli YTHlarning oldini olishga undashiga umid qilib qolamiz.






