Kun yakunida rasman tasdiqlangan bemorlar 236 nafar bo`lib, Toshkentda ikki erkak vafot etdi

Jamiyat 12.08.2020, 00:11
Kun yakunida rasman tasdiqlangan bemorlar 236 nafar bo`lib, Toshkentda ikki erkak vafot etdi

2020 yil 11 avgust soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 31 983 (+236) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 121 nafari Toshkent viloyatida, 98 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Namangan viloyatida hamda 8 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 32 yoshli Sh.A. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 64 yoshli N.K. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun yurtimizda 1 098 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog`ayganlar soni 24 090 nafarga (75 foiz) etdi.

Hozirda mamlakatimizda 7 687 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1