AsosiyJamiyat

Bugun 1098 nafar fuqaro koronavirusdan sog`ayib, shifoxonadan chiqdi

'Bugun 1098 nafar fuqaro koronavirusdan sog`ayib, shifoxonadan chiqdi'ning rasmi

SSV xabar qilishicha, bugun mamlakatimizning 10 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1 098 nafari sog`aygan.

Jumladan, bemorlarning 781 nafari Toshkent shahrida, 205 nafari Toshkent viloyatida, 35 nafari Samarqand viloyatida, 18 nafari Qashqadaryo viloyatida, 17 nafari Andijon viloyatida, 10 nafardan Buxoro, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida, 9 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Farg`ona viloyatida kasallikdan forig` bo`ldi.

Shunday qilib, yurtimizda 24 090 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog`ayish ko`rsatkichi 75 foizni tashkil qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar