Shu yilning 11 avgust kuni mamlakatimizda 679 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan, deb xabar bermoqda Sog`liqni saqlash vazirligi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg`ona, Xorazm va Toshkent viloyatlarida jami 1 098 nafar bemor sog`aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 31 983 nafar bemordan 24 090 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 75 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 7 687 nafar bemordan 1308 nafari og`ir, 428 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.