Avval xabar qilganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev hududlarda sanoatni rivojlantirish masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazmoqda.
Davlat rahbari xalq iltimosiga ko`ra, O`zbekistonda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish lozimligini ta`kidladi.
Shunga ko`ra, 15 avgustdan boshlab qator faoliyat va harakat turlariga ruxsat berildi.
Karantin cheklovlarini yumshatish barobarida Respublika maxsus komissiyasiga har bir faoliyat turi bo`yicha qanday sanitariya talablariga amal qilish zarurligini aniq belgilash vazifasi qo`yildi. Epidemiologik vaziyat yaxshi bo`lgan davlatlardan kelgan shaxslarni karantiniga olish va undan chiqarish tartibini engillashtirish, pnevmoniyadan tuzalgan aholini reabilitasiya qilish markazlarini tashkil etish bo`yicha topshiriq berildi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga kollektiv immunitet shakllanish jarayonini monitoring qilib borish uchun antitanachalar tahlilini o`tkazishni yo`lga qo`yish kerakligi ta`kidlandi.
Televidenie va radioda madaniy-ma`rifiy, ko`ngilochar ko`rsatuv va eshittirishlarni ko`paytirish, ijtimoiy masofani saqlagan holda teatr, kino, konsert va boshqa tadbirlarni tashkil etish masalasiga ham e`tibor qaratildi.
– Karantin talablari yumshatilayotgan bo`lsa-da, barchamiz ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish, dezinfeksiya va boshqa sanitariya-gigiena talablariga so`zsiz amal qilishimiz, ilgari yo`l qo`ygan xatolarni takrorlamasligimiz kerak. Xudoga shukur, hammamiz ham etarli tajriba orttirdik. Ko`pni ko`rgan xalqimiz juda katta matonat va qahramonlik, tibbiy madaniyatini namoyon qilyapti. Temir intizom, qattiq chidam va sabr-toqat bilan biz albatta bu sinovlarni tez orada engib o`tamiz. Men bunga qat`iy ishonaman, – deya ta`kidladi Prezident.
Mavzuga doir:
15 avgustdan avtomobillar kun bo`yi, 17 avgustdan esa hududlar o`rtasida yurishi mumkin — Prezident
O`zbekistonda to`ylarga ruxsat berildi. Qator xizmat ko`rsatish maskanlari ham ochiladi
O`zbekistonda buyum bozorlar qachondan ishga tushirilishi rasman belgilandi






