AsosiyJamiyat

Karantinga olish muddati 14 kundan 7 kunga qisqartiriladi

'Karantinga olish muddati 14 kundan 7 kunga qisqartiriladi'ning rasmi

O`zbekistonda karantin muddati 7 kunga qadar qisqarishi mumkin. Ammo buning uchun o`tkazilgan test natijasiga ko`ra fuqaroda virus yo`qligi isbotlanishi lozim, deya yozdi Xabar.uz. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida o`tgan videoselektor yig`ilishida ma`lum qilinishicha, epidemiologik vaziyat yaxshi bo`lgan davlatlardan kelgan shaxslarni karantinga olmaslik tartibi joriy etiladi.

Virus kamaygan davlatlardan kelganlar uy karantiniga va virus kamaymagan davlatlardan kelganlar esa alohida karantinga olinadi. 7 kunlik karantindan keyin testlar virus yo`qligini tasdiqlaydigan bo`lsa, fuqaro karantindan chiqariladi.

Mavzuga doir:

15 avgustdan avtomobillar kun bo`yi, 17 avgustdan esa hududlar o`rtasida yurishi mumkin — Prezident

O`zbekistonda to`ylarga ruxsat berildi. Qator xizmat ko`rsatish maskanlari ham ochiladi

O`zbekistonda buyum bozorlar qachondan ishga tushirilishi rasman belgilandi

    Boshqa yangiliklar