1

15 avgustdan keyin ham saqlanib qoladigan karantin cheklovlari e`lon qilindi

Jamiyat 12.08.2020, 23:30
15 avgustdan keyin ham saqlanib qoladigan karantin cheklovlari e`lon qilindi

Respublika Maxsus komisssiya qarori bilan quyidagi karantin cheklovlari (taqiqlar) 2020 yil 15 avgustdan keyin ham saqlab qolinishi belgilandi:

*  fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda bo`lishi, bunda ular tomonidan sanitar talablar buzilgan taqdirda qat`iy choralar (jarimaga tortish) ko`rish;

* tana harorati 37°S va undan yuqori bo`lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo`lgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqmasligi;

* davlat organlari, tashkilotlarida yig`ilishlar o`tkazishni taqiqlash, zarur hollarda yig`ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o`tkazish;

* tomosha, madaniy-ko`ngilochar (teatr, kinoteatr, konsert zallari, to`yxonalar, faoliyati) va ommaviy tadbirlar o`tkazish;

* parklar va istirohat bog`laridagi attraksionlar faoliyati;

* umumiy ovqatlanish ob`ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyati (ochiq havoda xizmat ko`rsatuvchi umumiy ovqatlanish ob`ektlari bundan mustasno);

* tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o`yinlari markazlari faoliyatiga yo`l qo`ymaslik;

*  65 yoshdan oshgan shaxslarning “o`zini o`zi yakkalash” hayot tarzida yashashini tavsiya etish va ogohlantiruvchi targ`ibot ishlarini amalga oshirish;

*  yo`nalishsiz taksilarda yo`lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o`rindig`i yo`lovchilar o`rindig`idan shaffof plastik yoki maxsus pleyonka bilan to`silgan bo`lishi, haydovchi va yo`lovchi tibbiy niqobda bo`lishi (tibbiy niqobsiz yo`lovchini tashish taqiqlanadi), yo`lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o`rindig`iga o`tkazilishi hamda faqat o`z (avtotransport vositasi davlat ro`yxatidan o`tkazilgan) hududida harakatlanish.

 Davlat organlari va muassasalarining binolari, shu jumladan, xizmat xonalari mavjud sharoitlardan kelib chiqib, havoni zararsizlantirish tizimi bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi.

 Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining tavsiyalarini inobatga olib, shuningdek, mamlakatdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda O`zbekistonga xorijiy davlatlardan kirib kelayotgan shaxslarni karantinga olishning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi joriy etildi:  

- xorijiy davlatlardan kirib kelayotgan shaxslarni karantinda saqlash muddati 14 kun etib belgilanadi;

- karantin muddatini shaxsning xohishiga ko`ra karantin markazlarida yoki mehmonxonalarda o`tkazish tartibi saqlab qolinadi;  

- karantin muddati shaxsning davolash profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirishga roziligiga ko`ra, karantinda saqlash muddati vrachlar kuzatuvi ostida davolash-profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirgan (Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan dori vositalarini qabul qilgan) holda 7 kun etib belgilanadi (bunda 7 kunlik karantindan so`ng test natijasi manfiy bo`lganda shaxs karantin markazidan chiqariladi).

Mavzuga doir:

Restoranlar, avia va temir yo`l qatnovlari, to`ylar: 15 avgustdan O`zbekistonda nimalarga ruxsat berilishi rasman e`lon qilindi

O`zbekistonda xususiy bog`cha va maktablar ochilmoqda

Masjidlar, jamoat transportlari va... 17 avgustdan ishga tushadigan faoliyat turlari ma`lum bo`ldi

20 avgustdan buyum bozorlari yana ish faoliyatini boshlaydi, talabi esa...

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1