1

Toshkent shahrida koronavirus aniqlangan 60 yoshli erkak vafot etdi

Jamiyat 13.08.2020, 00:17
Toshkent shahrida koronavirus aniqlangan 60 yoshli erkak vafot etdi

SSV ma`lum qilishicha, 2020 yil 12 avgust soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 654 (+189) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 162 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, ya`ni Shayxontohur tumanida yashagan 60 yoshli M.M. (erkak) vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun yurtimizda 1 569 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog`ayganlar soni 25 659 nafarga (78 foiz) etdi.

Hozirda mamlakatimizda 6 784 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1