AsosiyJamiyat

Yangi rekord: Bugun O`zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1569 nafarni tashkil qildi

'Yangi rekord: Bugun O`zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1569 nafarni tashkil qildi'ning rasmi

SSV xabar berishicha, bugun mamlakatimizning 9 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1 569 nafari sog`aydi.  

Jumladan, bemorlarning 1 245 nafari Toshkent shahrida, 215 nafari Toshkent viloyatida, 47 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida, 14 nafari Samarqand viloyatida, yana 14 nafari Andijon viloyatida, 12 nafari Namangan viloyatida, 10 nafari Sirdaryo viloyatida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida va yana 6 nafari Navoiy viloyatida kasallikdan forig` bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, sog`ayganlar ko`rsatkichi bo`yicha so`nggi rekord natija kecha, 2 avgust kuni qayd etilgan bo`lib, o`shanda mamlakatimizning turli hududlarida 1 208 nafar bemor tuzalgandi.

Shunday qilib, yurtimizda 25 659 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog`ayish ko`rsatkichi 78 foizni tashkil qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar