AsosiyJamiyat

Maxsus komissiya qarori bilan «yashil», «sariq» va «qizil» aviareyslar ro`yxati yangilandi

'Maxsus komissiya qarori bilan «yashil», «sariq» va «qizil» aviareyslar ro`yxati yangilandi'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori e`lon qilindi.

Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan kirish bo`yicha quyidagi tartib amal qilishi belgilandi:  

- sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo`lgan (yashil reyslar) — (oxirgi 10 kun ushbu mamlakatlarda bo`lib turgan) O`zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar karantin nazoratiga olinmaydi;

- koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan (sariq reyslar) — (oxirgi 10 kun ushbu mamlakatlarda bo`lib turgan) O`zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida uy karantini nazoratiga olinadi;

- koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan (qizil reyslar — evakuasiya reyslari) — O`zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida karantin nazoratida saqlanadi.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O`zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan fuqarolarni kirishi bo`yicha toifaga ajratilgan davlatlar ro`yxati tasdiqlandi hamda ushbu ro`yxat har haftada yangilab borishi belgilandi. Mazkur ro`yxatga asosan:  

🔵 yashil reyslar sifatida – Xitoy Xalq Respublikasi, Tayland, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Latviya, Yaponiya;  

🟡 sariq reyslar sifatida – Evropa Ittifoqi davlatlari (Buyuk Britaniya va Ispaniya bundan mustasno), Ozarbayjon;

🔴 qizil reyslar sifatida boshqa barcha davlatlar belgilandi.

Yuqoridagilardan tashqari jamoaviy (kollektiv) immunitet shakllanishi jarayonini monitoring qilib borish maqsadida antitanachalar (immunoferment) tahlilini o`tkazish choralarini ko`rish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.  

Shu bilan birga, mutasaddi vazirlik va idoralarga ommaviy axborot vositalarida madaniy-ma`rifiy va ko`ngilochar mazmundagi ko`rsatuv, eshittirish va materiallarni ko`paytirish, shuningdek ijtimoiy masofani ta`minlagan hamda sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etgan holda teatr, kinoteatr, konsert va boshqa tadbirlarni tashkil etish yuzasidan asofslantirilgan takliflar kiritish vazifalari belgilandi.

Mavzuga doir:

Restoranlar, avia va temir yo`l qatnovlari, to`ylar: 15 avgustdan O`zbekistonda nimalarga ruxsat berilishi rasman e`lon qilindi

O`zbekistonda xususiy bog`cha va maktablar ochilmoqda

Masjidlar, jamoat transportlari va... 17 avgustdan ishga tushadigan faoliyat turlari ma`lum bo`ldi

20 avgustdan buyum bozorlari yana ish faoliyatini boshlaydi, talabi esa...

15 avgustdan keyin ham saqlanib qoladigan karantin cheklovlari e`lon qilindi

    Boshqa yangiliklar