AsosiyJamiyat

So`x tumanida samolyot va vertolyotlar uchish-qo`nish maydonchasi tashkil etiladi

'So`x tumanida samolyot va vertolyotlar uchish-qo`nish maydonchasi tashkil etiladi'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, kecha, 12 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla  Aripov So`x tumaniga tashrif buyurdi

Abdulla  Aripov tuman faollari bilan yig`ilish o`tkazdi va qator yangi loyihalar haqida ma`lum qildi. 

Xususan, So`x tumani “Novobod” mahalla fuqarolar yig`ini hududida kichik aeroport tashkil etilmoqda.  Aviaqatnovlarga O`zbekistondagi «Humo AIR» aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda O`zbekiston havo yo`llarining «Uzbekistan Helicopters» mas`uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli MI-8 vertolyotlarini jalb qilish ko`zda tutilmoqda.

An-2 samolyoti 12 ta yo`lovchi sig`imiga, MI-8 vertolyoti esa 16 nafardan 20 nafargacha odam olish imkoniyatiga ega hisoblanadi.  

Yo`lovchilar 35-40 daqiqada Farg`onadan So`xga yoki So`xdan Farg`onaga etib olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Parvozlarni hozircha kuniga 2 marotabadan amalga oshirish mo`ljallanmoqda. Kelgusida talabga qarab aviqatnovlar ko`payishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar