Majburiy ijro byurosi Mirobod tuman bo`limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro viloyat sudining ijro varaqasiga ko`ra aloqa kompaniyasi bosh direktorining 2020 yil 12 fevral kungi buyrug`ini g`ayriqonuniy deb topib, bekor qilish bo`yicha ijro hujjati 2020 yil 29 iyun kuni kelib tushgan.
Unga ko`ra, undiruvchi S.A.ni aloqa kompaniyasining Buxoro shahridagi janubiy-g`arbiy hududiy filialining karporativ savdo bo`yicha katta mutaxasisi vazifasiga hamda undiruvchi Yu.N.ni aloqa kompaniyasining Buxoro shahridagi janubiy-g`arbiy hududiy filialining karporativ savdo va korporativ mijozlarni qo`llab quvvatlash bo`yicha katta mutaxasis vazifasiga ishga tiklash masalasi hal etilish lozim edi. Shu kunning o`zida ijro hujjati qo`zg`atilib, qo`zg`atish qarori qarzdorga ijro qilishlik uchun yuborilgan.
Ijro harakatlari davrida S.A. korporativ savdo bo`yicha katta mutaxassisi vazifasiga hamda Yu.N.ni korporativ savdo va korporativ mijozlarni qo`llab quvvatlash bo`yicha katta mutaxasis vazifasiga ishga tiklanganligi to`g`risidagi buyrug`iga ko`ra ijro hujjati ijrosi to`liq ta`minlandi, deya ma`lum qilmoqda MIB Axborot xizmati.






