AsosiyJamiyat

Toshkentda "Labo" reklama ustuniga urildi. Yo`lovchi halok bo`ldi

'Toshkentda "Labo" reklama ustuniga urildi. Yo`lovchi halok bo`ldi'ning rasmi

Internet tarmog`ida YTH haqida tarqalgan xabarlar bo`yicha IIBB quyidagilarni ma`lum qildi.

"11 avgust kuni taxminan soat 11.30 da 102 raqamiga Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasida yo`l-transport hodisasi ro`y bergani haqida xabar kelib tushdi. 20 yoshli Asadbek N. “Labo” rusumli yuk avtomobilini boshqarish davomida boshqaruvni yo`qotib reklama ustuniga to`qnashgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

YTH natijasida badan shikastlari etgan haydovchi shifoxonaga etkazildi. Yo`lovchi – 31 yoshli Toshkent viloyatilik Bekzod S. olgan badan shikastlari sababli voqea joyida hayotdan ko`z yumdi. Marhumning yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etamiz.

Mazkur fakt bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi" deb yoziladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar