1

Masjidlar har kuni ishlaydi, faqat juma namozi ado etilmaydi — Musulmonlar idorasi

Jamiyat 13.08.2020, 14:14
Masjidlar har kuni ishlaydi, faqat juma namozi ado etilmaydi — Musulmonlar idorasi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020 yil 15 avgustdan boshlab O`zbekistonda masjidlar faoliyatiga ruxsat berildi. Shundan so`ng, diniy qo`mitaga tayangan holda diniy tashkilotlar juma, shanba va yakshanba kunlari faoliyat yuritmasligi xabar qilindi. Ayni paytda O`zbekiston Musulmonlar idorasining ma`lum qilishicha, O`zbekistonda masjidlarlar har kuni faoliyat yuritadi. 

"Masjidlar haftada har kuni o`z ish faoliyatini olib boradi, faqat juma namozi epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar vaqtincha ado etilmay turadi", - deyiladi rasmiy xabarda. 

Barcha namozxonlarimizga masjidlarda joriy etilgan sanitariya-epidemiologik qoidalarni yana bir bor yodga solinadi:

🔸 masjidlarning kirish joyini dezinfeksion “to`shak”lar bilan jihozlash, birlamchi dezinfeksiyalash vositalari, pirometrlar (kontaktsiz harorat o`lchagich) bilan ta`minlash;

🔸 har bir fuqaro masjid ichida tibbiy niqobda bo`lishi, hududga kirishda qo`llarini dezinfeksiyalash vositasidan foydalanishi;

🔸 masjidga tashrif buyurgan har bir shaxsning kasallik alomatlarini tekshirish (harorat o`lchash va tashqi alomatlar), tana harorati 37ºS va undan yuqori bo`lgan holatda fuqarolarni alohidalash va 103 telefon raqami orqali tez tibbiy yordamga xabar berish;

🔸 ibodat vaqtida ijtimoiy masofalanishni saqlash, fuqarolar orasidagi masofani 1,5 metr etib belgilash (maxsus chiziqlar yordamida kataklarga ajratgan holda);

🔸 har bir masjidning kirish qismiga kasallikdan saqlanish, hududda karantin talablariga qat`iy amal qilish, xususan, 65 yoshdan katta fuqarolarni masjidlarga vaqtincha tashrif buyurmay turishlari tavsiya etilishi to`g`risidagi axborot lavhalarini o`rnatish;

🔸 masjid ma`muriyati tomonida ish faoliyatni karantin davrida tashkil etish bo`yicha tegishli buyruq va ichki tartiblarni ishlab chiqish (bunda yoshi 65 yoshdan ulug` fuqarolarni vaqtincha tashrif buyurmay turishlarini tavsiya etish);

🔸 masjidlarda juma namozini vaqtincha ado etmaslik;

🔸 hududiy Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan masjidlarning barcha xodimlari bilan tushuntirish ishlarini tashkil etish;

🔸 ushbu xizmat tomonidan belgilangan muddatda (har 3 kunda yoki haftada bir marotaba) masjidlardagi sanitariya-epidemiologik holatni o`rganish va tavsiyalar berish;

🔸 masjidlar binolari va hududini har kuni dezinfeksiya qilish, xonalarni shamollatish;

🔸 masjidga kirish va chiqish joylarida aholining to`planishiga qat`iy yo`l qo`ymaslik;

🔸 tahoratxonadan faqat zarur sharoitlar yaratilgan (bir martalik sochiq-salfetka, antiseptik vositalar, suyuq sovunlar bilan ta`minlash, qisqa muddatlarda dezinfeksiya qilish), ijtimoiy masofalanishni saqlagan holda foydalanish kabi tartib-intizomlar alohida ta`kidlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1