O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Sirdaryo hududiy bo`limi tomonidan YHXB va DSB xodimlari bilan hamkorlikda noqonuniy faoliyat ko`rsatib kelayotgan yo`nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish buyicha qo`shma reydlar o`tkazilmoqda.
O`tkazilgan qo`shma reydlar davomida 28 ta qoidabuzarlik xolatlari aniqlanib, qoidabuzarliklarga yo`l qo`ygan xaydovchilarga nisbatan ma`muriy bayonnomalar tuzildi.
Shundan tegishli xujjatlarsiz 12 ta, lisenziya talab shartlarini buzgan haydovchilar 6 ta, 4 ta nosoz gaz uskunalari bilan hamda lisenziya varaqalarsiz faoliyat ko`rsatayotgan 6 ta haydovchi aniqlanib, ularga nisbatan belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralarni ko`rish uchun soliq idoralariga yuborildi.





