11 avgust kuni taxminan soat 21.30 da Qushbegi massivida 19 yoshli Toshkent viloyatilik D.M. “Cobalt” rusumli avtomobilni boshqarish davomida boshqaruvni yo`qotib, beton to`siqqa urilgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
YTH natijasida haydovchi va uning uch nafar yo`lovchilari – 20 yoshli N.B., D.Sh. va A.K.lar badan shikastlari bilan shifoxonaga etkazilganlar. Tibbiyot xodimlarining sa`y-harakatlariga qaramasdan, A.K. shifoxonada hayotdan ko`z yumdi.
Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.






