Sog`liqni saqlash vazirligi rejadan tashqari bolalarni vaksinasiya qilishni ko`rib chiqmoqda. Bu haqdagi ma`lumotni Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ma`lum qildi.
Unga ko`ra, kuz-qish mavsumida virusli kasalliklarni oldini olish va virusli kasalliklarni kirib kelish darajasini pasaytirish maqsadida bolalar orasida gripp va pnevmaniyaga qarshi rejadan tashqari vaksinasiyalarni amalga oshirish yo`llarini Sog`liqni saqlash vazirligi ko`rib chiqmoqda. Bu ishlarni kuz oylarida bajarish rejalashtirilgan.






