AsosiyJamiyat

Virusga chalingan bemorlarnning og`ir ahvoldagilarini soni ortib ketishiga nima sabab bo`lmoqda?

'Virusga chalingan bemorlarnning og`ir ahvoldagilarini soni ortib ketishiga nima sabab bo`lmoqda?'ning rasmi

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nargiza Nurillaeva javob berdi. 

— Birinchisi, bemorlarning vaqtida vrachga murojaat qilmasligi. Ya`ni koronavirus infeksiyasini boshlang`ich simptomlarga e`tibor bermaslik va uy sharoitida o`z-o`zini davolash.

 Ikkinchisi, o`zi oddiy pnevmoniya shunaqa hafvli kasallikki, ba`zilarda kam simptomli o`tishi ham mumkin. Ayniqsa, koronavirus pnevmoniyasi bir xil insonlarda yashirin o`tmoqda. Lekin etakchi simptomlar paydo bo`ladi: holsizlik, kam-kam quruq yo`tal va ko`krak qafasida noxush sezgilar. Shu sababli, bemor bilmasdan, o`ziga e`tibor bermasdan yuradi. Afsuski, kasallik kuchaygandan keyin shifokorga murojaat qiladi. Bu ham kasallikni og`ir darajasi ko`payishiga sabab bo`ladi. Keksa yoshdagi bemorlarimizning ham ko`pligi bunga sabab bo`lmoqda. Ularda ko`proq pnevmoniyani atipik kechishini kuzatilish mumkin.

Uchinchisi, koronavirus pnevmoniyada surunkali kasalliklar sabab bo`lmokda: bronx va o`pka kasalliklari, bronxial astma, yurak qon-tomir kasalliklari. Shu kasalliklarga chalingan bemorlarda koronavirus qo`shilishi oqibatida ham kasallik og`ir o`tmoqda.

Shuni qo`shimcha qilib aytish mumkinki, karantin yumshatilgan vaqtda fuqarolarning cheklovlarga to`la rioya qilmasligi natijasida ham kasallanganlar soni ortib ketdi.

 

    Boshqa yangiliklar