1

Muhim o`zgarish: 17 avgustdan ish boshlashi kerak bo`lgan barcha jamoat transportlariga 15 avgustdan ruxsat berib yuborildi

Jamiyat 14.08.2020, 19:31
Muhim o`zgarish: 17 avgustdan ish boshlashi kerak bo`lgan barcha jamoat transportlariga 15 avgustdan ruxsat berib yuborildi

Joriy yilning17 avgustidan ko`plab ijtimoiy-iqtisodiy sohalar qatori jamoat transporti (metropolitendan tashqari) harakati qayta tiklanishi haqida xabar bergan edik. Biroq, keng jamoatchilikning talabidan kelib chiqib 17 avgust emas 15 avgustdan jamoat transportining barcha turi, shu jumladan Toshkent metropolitenining er osti qismi hamda yo`nalishli taksilar ham o`z harakatini boshlaydi. Albatta, jamoat transportidagi harakatlanishda har taraflama karantin talablari rioya etilishi qat`iy nazoratga olinadi.

Toshkent shahridan Toshkent viloyati hududiga chiquvchi barcha avtobus yo`nalishlari faoliyati ham qayta tiklanadi.

Yo`l va transportda yurganda karantin talablari bo`yicha belgilangan barcha me`yorlarga amal qiling. Zero, birgina e`tiborsizlik tufayli kasallik qayta avj olishiga sabab bo`lmang, deya muhim o`zgarishni e`lon qildi "Toshshahartarnsxizmat"

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1